Bojxona turkman-o‘zbek chegarasidan maxfiy yuk olib o‘tilayotgani haqidagi xabarga raddiya berdi

© Sputnik / Vladimir Kornev / Mediabankka o‘tishGruzoviki na granitse
Gruzoviki na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat bojxona qo‘mitasi Turmaniston-O‘zbekiston chegarasidan maxfiy yuklar olib o‘tilayotgani haqidagi xabarga raddiya berdi.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi joriy yilning 23-oktabr kuni Internet tarmog‘idagi bir nechta saytlar tomonidan “Turkmaniston – O‘zbekiston chegarasidan maxfiy yuklar olib o‘tilmoqda” sarlavhasi ostida xabarlarga raddiya berdi.

Granitsa mejdu Kirgizstanom i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona qo‘mitasi chegaradagi tirbandlik to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Tarmoqda tarqalgan xabarlarda go‘yoki Turkmanistonga tegishli 4 ta yuk avtotransport vositasi “Farob” (Turkmaniston) va “Olot” (O‘zbekiston) chegara punktlari orqali harakatlanayotganligi, ularning yuk hujjatlarida “tekshirish taqiqlanadi” deb yozilganligi hamda tovarlar bojxona tekshiruvlaridan o‘tkazilmayotganligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirilganda, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligi ma’lum bo‘ldi.

“Ta’kidlash joizki, chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan barcha avtotransport vositalari amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida zamonaviy nazorat-texnik vositalarini qo‘llagan holda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0