Mavjud tizim migrantlar xavfsizligini ta’minlay olmayapti

© Sputnik / Aleksandr NatruskinYuriy Moskovskiy
Yuriy Moskovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada xavfsizlikni ta’minlash uchun kompleks choralar talab qilinadi. Ayni vaqtda, bu choralar migrantlarning mamlakatda bafurja yashashiga halaqit qilmasligi kerak.

TOShKENT, 24 okt - Sputnik. Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari bo‘yicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiy Sputnik bilan suhbatida RFning amaldagi mehnat qonunchiligida muayan o‘zgartishlarga zaruriyat borligini aytib o‘tdi.

Rossiyada xorijliklarning o‘z uylarida chetdan kelgan shaxslarni ro‘yxatga qo‘yishiga ruxsat berilishi mumkin. Hozirda tegishli o‘zgartishlarni Rossiya vazirlar mahkamasi huzuridagi Hukumat komissiyasi ko‘rib chiqmoqda. Qonun loyihasi qabul qilinsa, RFda turar-joy sotib olgan xorijiy fuqaro o‘z yashash hududida yaqinlarini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Rossiya Moliya vazirligi migrantlar uchun surpriz tayyorlamoqda

Ekspert qayd etishicha, Rossiyada o‘ziga uy-joy sotib olishga imkoniyati bor xorijliklar u qadar ham ko‘p emas. Ko‘pincha ular umuman ro‘yxatsiz yashaydi.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Putin migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi

Aynan shuning uchun ham xorijliklarning ro‘yxatga olinishida mavjud tizim to‘g‘irlanib, unga aniq sharh berilishi talab qilinadi. Chunki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonunni ikki yoqlama talqin qilishi kuzatilmoqda. Migrantlarning ro‘yxatga turgan manzillari va yashash joylari bilan bog‘liq holatlarda qator tushunmovchiliklar bor. Ham mahalliy va ham chet el fuqarolarining ko‘pincha o‘rinsiz turli sanksiyalarga tortilishini kuzatish mumkin. Bunda, albatta, IIV tomonidan chet ellikning ro‘yxatda turishi tizimiga aniqlik kiritishi talab qilinadi. 

“Joriy tizim muhojirlarning xavfsizligi uchun hech qanday real asoslarni hosil qilmaydi. Fikrimcha, ilgarigi meyorni qayta joriy etishga ehtiyoj mavjud, bunda xorijliklarni ish joylari bo‘yicha ro‘yxatga olish, xavfsizlikni kuchaytirish uchun esa mamlakatdagi barcha muhojirlarni ommaviy daktiloskopiyadan o‘tkazish talab qilinadi”, - deydi ekspert.

Sankt-Peterburgda ommaviy reyddan so‘ng yuzlab migrantlar qo‘lga olindi

Rossiyada hozir xavfsizlikni ta’minlash uchun kompleks choralar ko‘rilishi talab etiladi, ayni vaqtda, ular kishilarning mamlakatda bafurja yashashlariga halaqit qilmasligi kerak.

Ekspert o novix pravilax registratsii migrantov v RF: nujen sistemniy podxod
Yangiliklar lentasi
0