Dunyoda

OAV: Angliyada oʻlik holda topilgan 39 kishi Xitoy fuqarolari

Kuni kecha Buyuk Britaniyaning Esseks grafligi hududida ichida 39 kishining jasadi boʻlgan yuk mashinasi topilgan edi.

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Angliya sharqida yuk mashinasidan topilgan 39 jasad Xitoy fuqarolariniki, deb xabar qilmoqda Sky News oʻz manbalariga tayangan holda.

Hozircha ushbu xabar rasman tasdiqlanmagan.

Politsiya na meste obnarujeniya gruzovika s telami v britanskom gorode Greys. 23 oktyabrya 2019 - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Angliyada yuk mashinasidan 39 kishining jasadi topildi – video

Kuni kecha Buyuk Britaniyaning Esseks grafligi hududida ichida 39 kishining jasadi boʻlgan yuk mashinasi topilgan edi. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, yuk mashinasi Buyuk Britaniyaga Bolgariyadan kelgan.

Bolgariya TIV RIA Novostiga mashina Bolgariyada roʻyxatga olinganini tasdiqlagan.

Aniqlanishicha, yuk mashinasi haydovchisi - 25 yoshli shimoliy irlandiyalik. U qotillikda gumonlanib hibsga olingan. Buyuk Britaniya IIV rahbari Priti Patel fojiali hodisadan shok holatiga tushganini maʼlum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala