Jamiyat

Ohangaronda chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalar amalga oshiriladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishBaranы
Baranы - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 2019-2021 yillarda qoramolchilikni rivojlantirish boʻyicha 13 ta hamda qoʻychilikni rivojlantirish boʻyicha 10 ta loyiha amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida chorvachilikni rivojlantirish toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.

Fermerskoye xozyaystvo - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qozogʻiston Oʻzbekiston tufayli qoramol olib chiqishni taʼqiqladi

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 2019-2021 yillarda qoramolchilikni rivojlantirish boʻyicha 13 ta hamda qoʻychilikni rivojlantirish boʻyicha 10 ta loyiha amalga oshiriladi, natijada 1728 ta ish oʻrni tashkil etiladi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida chorva mollarini saqlash hamda ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun zarur yer maydonlari toʻgʻridan-toʻgʻri Ohangaron tumani hokimining qarorlari asosida ajratib beriladi.

Shuningdek, mazkur loyihalar uchun belgilangan tartibda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya va kafilliklar beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala