Oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosati ishlab chiqiladi

© Sputnik / Maksim BlinovPokupatel v supermarkete
Pokupatel v supermarkete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.

Farmonga muvofiq, Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.

V torgovom zale magazina. - Sputnik O‘zbekiston
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga doir prezident qarori tayyorlandi

Shuningdek, Farmon bilan Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi etib belgilandi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash Strategiyaning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etadi hamda belgilangan indikatorlarga erishish ustidan doimiy monitoring olib boradi.

Shu bilan birga, mazkur farmonda nazarda tutilgan vazifalarning to‘liq va o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida mas’ul boshqarma tashkil etiladi.

Farmonga ko‘ra, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0