“Vikipediya”ga o‘zbek sportchilari haqida ma’lumotlar joylashtiriladi

© AP Photo / Eric RisbergLogotip Vikipedii
Logotip Vikipedii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dasturga ko‘ra, “Vikipediya” internet ensiklopediyasiga O‘zbekistonning mashhur sportchilari va sport tashkilotlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtiriladi.

TOShKENT, 24 okt - Sputnik. Hukumat qarori bilan 2019–2021 yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur tasdiqlandi.

Dastur milliy veb-resurslar sonini o‘sishi, ularni Internet tarmog‘ida ilgari surish va ommalashtirish uchun sharoit yaratish kabi qator masalalarni nazarda tutadi.

Sprava - Amit (Indiya), Shaxobid Zotrov (Uzbekistan) pobedivshiy v finale po boksu v vesovoy kategorii do 52 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston boks jamoasi yana bir bor dunyoda birinchi bo‘ldi

Dasturga muvofiq, maktablarda “Informatika” fani dasturi va o‘qitish metodologiyasi ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy kino fondi veb-sayti hamda Milliy filmlar veb-portali yaratiladi.

Dasturga ko‘ra, “Vikipediya” internet ensiklopediyasiga O‘zbekistonning mashhur sportchilari va sport tashkilotlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtiriladi.

Yorqin g‘alaba: O‘zbekiston bokschilari 8 ta oltin va 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi

Internet tarmog‘ining UZ domenida foydali ta’limiy-ma’rifiy va mavzuli veb-resurslarni yaratuvchi mualliflar va dasturchilarni rag‘batlantirish maqsadida bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan internet-loyihalar respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0