Yangiyo‘lda taksi haydovchilarini haqorat qilgan YHXB rahbari o‘rinbosari ishdan olindi

© UBDDTaksisti protiv inspektora: zamglavi UBDD Yangiabada uvolen
Taksisti protiv inspektora: zamglavi UBDD Yangiabada uvolen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taksi haydovchilarini qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgan Yangiyo‘l IIB YHXB katta inspektori ishdan olindi.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Yangiyo‘lda katta shov-shuv bo‘ldi. Kecha 23-oktabr kuni kech soat 21:30 larda 100 dan ortiq taksi haydovchilari tuman IIBB binosi oldida to‘planishib YHXB rahbari o‘rinbosari Usmon Zamonovga nisbatan tegishli choralar ko‘rishni talab qilishdi, Toshkent viloyati IIBB xabariga asosan.

Hammasiga sabab - telegram orqali tarqalgan audioyozuv. Unda Yangiyo‘l tumani YHXB katta inspektori, leytenant Usmon Zamonovning taksi haydovchilarini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Tekshiruv davomida, ushbu audioyozuv haqiqatdan ham Zamonovga tegishli ekani aniqlangan. YHXB inspektori so‘zlariga ko‘ra, 22-oktabr kuni telegramdagi “Voditeli Angiyulya” nomli guruhda taksi haydovchilari tomonidan YPX xodimlarini kamsituvchi postlar tarqatilganidan so‘ng, ularga javoban, ushbu haqoratli audio yozuvni yuborgan.

“YPX inspektori ushbu xatti-harakatlari bilan fuqarolar o‘rtasida ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar kelib chiqishiga hamda jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun, viloyat IIBB rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, YHXB katta inspektori leytenant U.Zamonov egallab turgan lavozimidan chetlatildi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda prokuratura tomonidan holatga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0