O‘zbekistonda aholi o‘limining eng asosiy sabablari ochiqlandi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishKapelnitsa
Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar-sentabr oylarida 112,2 mingta o‘lim qayd etilgan.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar-sentabr oylarida 112,2 mingta o‘lim qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

“Ushbu qayd etilgan o‘lim holatlarining 60,6 %i - qon aylanish tizimi kasalliklari tufayli sodir bo‘lgan", - deyilgan hisobotda. 

O‘limga olib keluvchi sabablar orasida ikkinchi o‘rinda 9,8 %i  - turli o‘simtalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq kasalliklar turar ekan.

V Tashkente proxodit festival morojenogo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi

Shuningdek, 6,4 %i o‘limlar – baxtsiz hodisalar tufayli, 5,5 %i o‘limlar – ovqat hazm qilish organllari kasalliklari, 4,2 %i - nafas olish tizimi, 1,4 %i - yuqumli kasalliklar va 12,1 %i - boshqa kasalliklardan vafot etar ekan.

Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,3 ming nafarni tashkil etib, ularning 58,7 %i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 18,2 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 12,0 %i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,8 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 2,1 %i - baxtiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,7 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,5 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0