O‘zbekistonda eng katta maoshlar qaysi sohada to‘lanishi aniq bo‘ldi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng katta o‘rtacha maosh miqdori qaysi sohalarda ekani va qaysi viloyatlarda maoshlar miqdori nisbatan baland ekani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi Respublika bo‘yicha turli sohalarda va turli viloyatlarda o‘rtacha maosh miqdorini aniqladi.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilning 9 oyi davomida nominal maoshlar o‘rtacha miqdori 2 213 400 so‘mni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha 2018-yilning mos davriga nisbatan o‘sish - 31,2 %ni tashkil qilgan.

O‘rtacha maoshlar eng yuqori bo‘lgan sohalar:

  • Bank, kredit, sug‘urta v lizing sohasi – 4,3 mln. so‘m;
  • Axborot texnologiyalari – 3,9 mln. so‘m;
  • Sanoat sohasida – 3,1 mln. so‘m;
  • Yuk tashish va saqlash sohasi – 2,8 mln. so‘m;
  • Qurilish sohasi – 2,6 mln. so‘m;
  • Savdo sohasida – 2,2  mln. so‘m;
  • Ta’lim sohasida – 1,7 mln. so‘m;
  • Sog‘liqni saqlash sohasida – 1,5 mln. so‘m;

O‘rtacha maoshlar eng yuqori bo‘lgan viloyat va shaharlar:

Quyidagi diagrammada viloyat va viloyatlarda o‘rtacha oylik maosh miqdori Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatgichdan qanchalik farq qilishi ko‘rsatilgan (% hisobida).

© Statistika qo‘mitasiViloyatlar orasida o‘rtacha maosh farqi
O‘zbekistonda eng katta maoshlar qaysi sohada to‘lanishi aniq bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Viloyatlar orasida o‘rtacha maosh farqi
Yangiliklar lentasi
0