Dunyoda

Atambayev yana qachongacha qamoqda saqlanishi maʼlum boʻldi

© Aleksey NikolskiyPrezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan qoʻllangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi muddati 26 oktyabr kuni oʻz nihoyasiga yetadi.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qamoqda saqlash muddati ikki oyga uzaytirildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻizistonga sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarev maʼlum qilgan.

Advokatning soʻzlariga koʻra, qaror bugun Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi boʻyicha dastlabki sud majlisida qabul qilingan. Ushbu jinoyat ishida Atambayev asosiy figurantlardan biri hisoblanadi. Sobiq prezident boʻlib oʻtayotgan hodisalarni “hukumat uning boʻyniga majburan yuklagan oʻyin” deb hisoblab, majlisiga kelishdan bosh tortgan.

Kыrgыzstantsы v shoke: opublikovan spisok arestovannogo imuщestva Atambayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Konstitutsiyaviy palata Atambayev shikoyati boʻyicha qaror qabul qildi

Siyosatchining advokati qarorni qoʻliga olgan. Avvalgi qamoqda saqlash muddati 26 oktyabr kuni oʻz nihoyasiga yetar edi.

Batukayev ishi

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirgʻiziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini oʻldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “ogʻir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirgʻiziston hududini tark etgan.

Qirgʻiziston IIV maʼlumotiga koʻra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini oʻtamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qoʻzgʻatilganini 17 aprel kuni Qirgʻiziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov maʼlum qildi.

Almazbek Atambayevga mazkur jinoyat ishi yuzasidan soʻroqqa kelish toʻgʻrisida uch marta chaqiruv qogʻozi yuborilgan edi. Qirgʻiziston IIV taʼkidiga koʻra, aynan Atambayev Aziz Batukayevni ozod qilish toʻgʻrisida farmon bergan. Sobiq prezidentning soʻroq kelishdan bosh tortishi, uni kuch bilan qoʻlga olish maxsus amaliyot bilan yakunlandi.

Yangiliklar lentasi
0