Dunyoda

Yevropa ittifoqi Toshkentning YEOII va JSTga qoʻshilishida muammoni koʻrmayapti

© Sputnik / Mediabankka oʻtishFlag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES)
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bryusselda Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyasi Butunjahon savdo tashkiloti qoidalariga mos keladi.

TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Rasmiy Bryussel Oʻzbekiston hukumatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Butunjahon savdo tashkilotiga qoʻshilish boʻyicha bir vaqtning oʻzida muzokara olib borish istagi bilan bogʻliq muammoni koʻrmayapti, deb aytdi Markaziy Osiyo boʻyicha YEI maxsus vakili Piter Burian.

Aleksandr Gusev - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Ekspert Oʻzbekiston va Tojikiston YEOIIga kirish imkoniyatlarini baholadi

Bundan avval AQSH savdo vazirligi oʻz saytida vazir Uilbur Rossaning bayonotini eʼlon qildi. Unda aytilishicha, Oʻzbekiston YEOIIga intilishi mamlakatning JSTga aʼzo boʻlish jarayoni qiyinlashtirishi mumkin.

Vashingtonda oʻtkazilgan amerika-oʻzbek savdo palatasi forumida Ross bu bayonotni aytdi.

Burian AQSH savdo vazirining soʻzlarini izohlarkan, “Biz buni bunday koʻrmayapmiz. Biz Markaziy Osiyoning koʻplab davlatlari YEOIIga aʼzo boʻlganini koʻryapmiz”, - deb taʼkidladi.  

Burian Nukusda Orolboʻyi muammolariga bagʻishlangan xalqaro konferentsiyada ishtirok etmoqda.

Yevropa Ittifoqining maxsus vakili Bryussel Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi masalasi JST qoidalariga mos keladi deb ishonishini aytdi.

"Biz aytamiz: umumiy qoidalarda kiritilgan integratsiya jarayonlari – maʼqul deb qaraladi", - deb qoʻshimcha qildi Burian.

Yangiliklar lentasi
0