TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Rossiyada yaqin yillarda boshqaruv sohasida ommaviy kasb va mutaxassislarga talab yuqori boʻladi. Bu haqda RT Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti maʼlumotlariga asoslanib xabar qilmoqda.
Ularga buxgalter, pedagog, elektrpayvandchi, oshpaz, qandolatchi, tokar, nasos stantsiyalari haydovchilari, lift boʻyicha elektromexanik, ofitsiat, barmen kasblari kiritilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mamlakatda yetishmasligi kuzatilayotgan muhandis-kimyogar, taqsimlovchi qurilmalari uskunalarini taʼmirlash boʻyicha elektrochilangar, biotexnologik ishlab chiqarish sifati nazorati boʻyicha menejer kabi kasblarga ham talab yuqori boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyada 2019 yilda sotuvchi, oshpaz, kasb taʼlim oʻqituvchisi va huquqshunos kasblariga talab yuqori boʻlgani xabar qilingan edi.