Hodisalar

Rossiyada harbiy sakkiz nafar xizmatdoshini otib tashladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishPistolet Makarova
Pistolet Makarova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida harbiy xizmatdoshlarini oʻqqa tutdi. Natijada sakkiz kishi halok boʻldi, ikki kishi esa yaralandi.

TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida harbiy xizmatdoshlarini oʻqqa tutdi. Natijada sakkiz kishi halok boʻldi, ikki kishi esa yaralandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Hodisa bugun, 25 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:20da roʻy bergan.

Qayd etilishicha, harbiy xizmatchi qorovullik almashinayotgan vaqtda qoʻlidagi xizmat quroli bilan xizmatdoshlariga qarata oʻt ochgan. Hozirda yaralanganlarning hayoti xavf ostida emas.

Oʻt ochgan harbiy qoʻlga olingan. Rossiya Mudofaa vaziri boʻlib oʻtgan hodisaga shaxsiy muammolar tufayli asabning buzilishi boʻlishi mumkinligi taxmin qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0