Migratsiya

Toshkentda "Yaqinlardan xabar ol" harakati ommalashmoqda

© XokimiyatV Tashkente stalo populyarnыm dvijeniye "Pozvoni svoim"
V Tashkente stalo populyarnыm dvijeniye Pozvoni svoim - Sputnik Oʻzbekiston
Chet elda istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklarning “holidan xabar olish”ning yangicha usuli ishlab chiqildi. Loyiha hozircha Toshkent boʻylab qoʻllanilmoqda.

TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Toshkentda “Yaqinlardan xabar ol” harakati tobora kengaymoqda, xabar qiladi Toshkent hokimligi.

Dastur mohiyatiga koʻra, mahalla qoʻmita raislari “yaqinlari” boʻlmish oʻqish yoki ishga ketgan mahalla fuqarolariga qoʻngʻiroq qilib, hol-ahvolidan xabar oladi.

“Barchamizga maʼlumki, xorijga ish yoki oʻqish uchun joʻnab ketgan insonlar oʻz oilasi, qoʻshnilari, ularning ovozi, qolaversa, oʻzbek milliy taomlari va albatta, Vatan havosini, uning iforini, mehrini sogʻinishadi. Shuning uchun bu kabi norasmiy qoʻngʻiroqlar ular uchun qadrlidir”, - deyiladi xabarda.

Rabochiye na stroyaщemsya obʼyekte - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Kim qayerda?: Oʻzbekistonda Migrantlarning yagona bazasi ishga tushirildi
Toshkentning 11 ta mahallasida suhbatlashish maskanlarini tashkil etish loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Qolaversa, hamma oilada ham kompyuter va internetga kirish imkoniyati mavjud emas. Barcha fuqarolar ham birdek yangi kompyuter texnikasidan foydalana olmaydi. Ayniqsa, qariyalar uchun ushbu vazifa qiyinchilik tugʻdiradi.

Shu bois, ular uchun mahalla fuqarolar yigʻinida yaqinlar bilan suhbatlashishlari uchun maxsus joy ajratiladi.

Loyiha yaqin kunlarda boshlangan, lekin tashabbus mahalla aholisi hamda hozircha uyidan yiroq boʻlgan fuqarolar tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlanayotganligi tarqatilgan xabarda alohida taʼkidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala