O‘zbekistonda yagona transport kartasi paydo bo‘ladi

© Uzbekistan 24V Uzbekistane poyavatsya yedinie transportnie karti
V Uzbekistane poyavatsya yedinie transportnie karti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kartalarda egalarining surati tushirilgan bo‘ladi va bu kartalar davlat xizmatlari markazlarida beriladi.

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. 2020 yil yanvar oyidan boshlab Toshkentda yagona transport kartalari amal qilishni boshlaydi. Bu haqda poytaxt Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev “O‘zbekistan 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Metropolitenning yangi bekatlaridagi turniketlar bunga moslashtirilgan. Kartaning yangi to‘rtta turi joriy etiladi: pensionerlar, talabalar, o‘quvchilar uchun karta va imtiyozli karta, shuningdek, umumiy yagona transport kartasi”, - dedi Jo‘rayev.

Toshkent metrosidagi yangi to‘lov tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Qulaylik: Toshkent metrosida yangi to‘lov tizimi

Ma’lum qilinishicha, to‘lovni telefondagi ilova yoki bank kartalari bilan amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Kartalarda egalarining surati tushirilgan bo‘ladi va bu kartalar davlat xizmatlari markazlarida beriladi.

Yagona transport kartalaridan foydalangan holda yangi avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi bilan barcha turdagi jamoat transportida foydalanish mumkin: avtobuslar, Toshkentdagi metro, Samarqanddagi tramvay, Xorazmdagi trolleybus va hokazo.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metro bekatlarida Humo kartalari bilan to‘lovni amalga oshirish mumkinligi xabar qilingan edi. Tizim o‘z ishini “Buyuk Ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Mustaqillik maydoni”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Chilonzor”, “Beruniy”, “Minor” va “Abdulla Qodiriy” metro bekatlarida boshlagan.

Yangiliklar lentasi
0