Migratsiya

39 jasad ortilgan fura: odamlar oʻz oʻlimi oldidan yaqinlariga dahshatli SMS yuborishgan

© REUTERS / Peter NichollsPolitsiya na meste obnarujeniya gruzovika s telami v britanskom gorode Greys. 23 oktyabrya 2019
Politsiya na meste obnarujeniya gruzovika s telami v britanskom gorode Greys. 23 oktyabrya 2019 - Sputnik Oʻzbekiston
Jurnalistlarga maʼlum boʻlishicha, halok boʻlganlar orasida Vyetnam fuqarolari boʻlishi mumkin. Londondagi Vyetnam elchixonasi xabariga koʻra, ularga oʻz yaqinlarini qidirayotgan bir necha oila murojaat qilgan

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Britaniyaning Esseks grafligida yuk mashinasida halok boʻlgan odamlar jon berishlari oldidan oʻz qarindoshlari bilan bogʻlanishga uringanlar, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Britanskiye politseyskiye - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: Angliyada oʻlik holda topilgan 39 kishi Xitoy fuqarolari

Oʻttiz toʻqqiz jasad ortilgan fura politsiya tomonidan Angliya sharqida aniqlangan edi. Mashina Greys shaharchasidagi sanoat zonasida parkovka qilingan boʻlgan. Fura Angliyaga Bolgariyadan 19 oktyabr kuni kirib kelgan. Keyin maʼlum boʻlishicha, halok boʻlganlar Xitoy fuqarolari ekanligi aniqlangan. Odamlar kuzovning muzlatkich qismida qoldirilgan. U yerda havo temperaturasi -25 gradusni tashkil qilgan.

Nashr yozishicha, OAVlarda halok boʻlganlar orasida vyetnamliklar boʻlishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan. 26 yashar Fam Txi Tra Mayaning qarindoshlari jurnalistlar bilan bogʻlanishgan va fojia yuz bergan kunda "Oyijon, meni kechiring. Chet elga safarim oʻxshamadi. Men sizni va dadamni juda ham yaxshi koʻraman. Men oʻlyapman, chunki nafas ololmayapman", degan mazmundagi dahshatli SMS olishganini aytishgan.

Qiz oʻzining oxirgi xabarini seshanba kuni 22:30da — konteyner Belgiyaning Zebryugge shahridan Britaniyaning Purflitiga yetib kelishidan ikki soat oldin yuborgan.

Vyetnamlik qizning akasi Fam Txi Cha Mi singlisi Buyuk Britaniyaga yetib olish uchun 30 ming funt (38 ming dollar) toʻlaganini maʼlum qilgan.

Qochoqlar masalasi boʻyicha BMT sobiq Oliy komissari Antoniu Guterresh - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
BMT Oliy komissari: qochoqlar palatkasida oʻtkazilgan 20 daqiqani umrbod unutmayman

"U avvaliga Xitoyga uchdi, u yerda ikki kun boʻlgach, Frantsiyaga yoʻl olgan edi. Har bitta davlatdan bizga qoʻngʻiroq qilib turdi. Singlim birinchi marta Britaniya chegarasini 19 oktyabr kuni kesib oʻtishga harakat qilgan, ammo uni tutib olib, ortga qaytarishgan. Bu qaysi portda yuz berganini bilmayman", - deb xabar qilgan erkak.

Furada halok boʻlganlar orasida 20 yashar vyetnamlik Nguyen Din Luong va 19 yashar qiz ham boʻlgan boʻlishi mumkin. Londondagi Vyetnam elchixonasi ularga oʻz yaqinlarini qidirayotgan bir nechta oila murojaat qilgani toʻgʻrisida xabar bergan. Halok boʻlganlar orasida kamida 10 kishi Vyetnam fuqarolari boʻlishi mumkin degan ehtimollar bor.

Odamlarning ommaviy halok boʻlishgani ishi yuzasidan yuk mashinasi haydovchisi — 25 yashar shimoliy irlaniyalik Mo Robinson qoʻlga olingan. Sal keyin odam savdosi maqsadida til biriktirish va qasddan amalga oshirilmagan qotillikda gumonlanib yana ikki nafar erkak va bir ayol qoʻlga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala