Avtomatik to‘lov: O‘zbekistonda jamoat transporti uchun yagona to‘lov tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtobusi
Avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamoat transporti safar uchun to‘lovni o‘zi yechib oladigan hisob qurilmalari bilan ta’minlanadi. Yo‘lovchi chiptani qurilmaga yaqinlashtirsa to‘lov avtomatik ravishda yechiladi.

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Transport vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda jamoat transporti uchun yagona to‘lov tizimi joriy etiladi.

Novie vagoni metrov Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi metro poyezdlari taqdim etildi

Hajm jihatidan bank plastik kartochkasiga o‘xshash aloqa tizimiga ulanmagan chipta yordamida O‘zbekistonning barcha shaharlaridagi har qanday transport turida to‘lovni amalga oshirsa bo‘ladi.

Chiptani 30 ming so‘mga sotib olib, mobil telefondagi ilova yoki bank plastik kartochkasi orqali (shu jumladan, xalqaro to‘lov tizimlari yordamida) mablag‘ bilan to‘ldirib borish mumkin. Yangi metro bekatlaridagi turniketlar ushbu tizim joriy qilinishi uchun moslashtirilgan.

Chiptalar to‘rt xil bo‘ladi: pensionerlar, talabalar va o‘quvchilar uchun, imtiyozli chipta hamda umumiy yagona transport chiptasi. Transportdan foydalanish uchun to‘lov har bir hududda o‘rnatilgan tarifga bog‘liq bo‘lib, yo‘lovchilarning turli toifalari uchun imtiyoz va chegirmalar hisobga olinadi. Chiptalarda chipta egasining rasmi tushirilgan bo‘lishi rejalashtirilgan va ular davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi.

Transportda E-chiptadan qanday foydalaniladi?

Jamoat transporti safar uchun to‘lovni o‘zi yechib oladigan hisob qurilmalari bilan ta’minlanadi. Yo‘lovchi chiptani qurilmaga yaqinlashtirsa to‘lov avtomatik ravishda yechiladi.

Yangiliklar lentasi
0