Qashqadaryoda 4 sektor rahbarlari va qator tumanlar hokimlari ishdan olindi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqilgan va Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Qashqadaryoda toʻrt sektor rahbarlari rasman ishdan olindi, deb xabar qildi viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.

Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev oʻtkazgan majlisdan keyin qator rahbarlar ishdan olindi

Sal oldin  bugun, 26 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati rahbariyatining "toʻrtligi" toʻliq yoki qisman ishdan olinishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqilgan va Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Oʻzbekiston Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari Erkabay Tadjiyev Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlangan.

Shuhrat Sotiboldiyev viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, Azamat Bozorov esa viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimini egallagan.

Shuningdek, bir qator tuman va shahar hokimlari ham ishdan oliinganligi aytilmoqda.

Jumladan, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlari hokimlari masʼuliyatsizligi sabab, shuningdek, Kitob tuman hokimi sogʻligi yomonlashganligi sabab oʻz arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala