Jamiyat

Xotin-qizlar qoʻmitasi sadist er bilan yashab kelgan Muhayyoni doimiy nazoratga oldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPostradavshaya ot domashnego nasiliya jenщina iz Uzbekistana
Postradavshaya ot domashnego nasiliya jenщina iz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Qonuniy turmush oʻrtogʻini Rossiyadagi oʻrmonzorga olib borib, tahqirlagan va ustidan benzin quyib, yoqib yuborish bilan qoʻrqitgan erga qonun doirasida tegishli choralar koʻrilishi uchun Ichki ishlar boshqarmasiga koʻrsatma xati yuborildi.

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan jizzaxlik M.Muhayyo doimiy nazoratga olindi, deb xabar berdi qoʻmita matbuot-xizmati.

Jestoko izbitaya suprugom jitelnitsa Bulungura Zuxra Umarova v bolnichnoy palate - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻn kunlik kelinchakni ayovsiz kaltaklagan erga sud hukmi oʻqildi

Eslatib oʻtamiz, sal oldin qariyb oʻn yil davomida sadist er bilan yashab kelgan va turli tahqirlashlarga uchragan jizzaxlik Muhayyoning boshdan kechirganlari haqida maqola eʼlon qilgan edik. Joriy yil may oyida juftlik pul ishlab kelish maqsadida Rossiyaga yoʻl olgan, oktyabr oyida Muhayyoni turmush oʻrtogʻi Rossiyadagi oʻrmonzorga olib borib, oʻlasi qilib kaltaklagan hamda ustidan benzin quyib, yoqib yuborish bilan qoʻrqitgan.

Muhayyoning momataloq boʻlgan yuzini koʻrgan uy egasi, ayolning erini kvartiradan quvib soladi. Bundan dargʻazab boʻlgan er xotinining oylik maoshini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, ayolini taqdir hukmiga havola qilgancha Rossiyadan Oʻzbekistonga qaytib kelgan.

Xotin-qizlar qoʻmitasi shuni xabar qilmoqdaki, Sputnik Oʻzbekiston muxbiri qoʻngʻirogʻidan soʻng, qoʻmita matbuot-xizmati rahbari Hasan Toshxoʻjayev darhol Jizzax viloyati xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari bilan bogʻlanib, ularga mazkur ishni sinchiklab oʻrganish, masalani qonuniy asosda hal etish va bu haqda toʻliq maʼlumotni jamoatchilikka bildirish toʻgʻrisida topshiriq bergan.

Bugungi kunda hududiy qoʻmita vakillari jizzaxlik Muhayyo ishini chuqur oʻrganib chiqishgan va Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi N.Muxtorova imzosi bilan javob xatini yoʻllashgan.

"Jizzax viloyati xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro T.Faxriddinga nisbatan qonun doirasida tegishli choralarni koʻrish uchun koʻrsatma xati yuborildi. M.Muhayyoga nikohni rasman bekor qilish, farzandlarining taʼminoti uchun aliment undirish masalasida fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilishi tushuntirildi. Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan M.Muhayyo doimiy nazoratga olindi", - deyiladi javob xatida.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bu kabi masalalarda muxbirlari bilan hamisha hamkorlikda ishlashga tayyorligini taʼkidlab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala