Xotin-qizlar qo‘mitasi sadist er bilan yashab kelgan Muhayyoni doimiy nazoratga oldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPostradavshaya ot domashnego nasiliya jenshina iz Uzbekistana
Postradavshaya ot domashnego nasiliya jenshina iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonuniy turmush o‘rtog‘ini Rossiyadagi o‘rmonzorga olib borib, tahqirlagan va ustidan benzin quyib, yoqib yuborish bilan qo‘rqitgan erga qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi uchun Ichki ishlar boshqarmasiga ko‘rsatma xati yuborildi.

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan jizzaxlik M.Muhayyo doimiy nazoratga olindi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot-xizmati.

Jestoko izbitaya suprugom jitelnitsa Bulungura Zuxra Umarova v bolnichnoy palate - Sputnik O‘zbekiston
O‘n kunlik kelinchakni ayovsiz kaltaklagan erga sud hukmi o‘qildi

Eslatib o‘tamiz, sal oldin qariyb o‘n yil davomida sadist er bilan yashab kelgan va turli tahqirlashlarga uchragan jizzaxlik Muhayyoning boshdan kechirganlari haqida maqola e’lon qilgan edik. Joriy yil may oyida juftlik pul ishlab kelish maqsadida Rossiyaga yo‘l olgan, oktabr oyida Muhayyoni turmush o‘rtog‘i Rossiyadagi o‘rmonzorga olib borib, o‘lasi qilib kaltaklagan hamda ustidan benzin quyib, yoqib yuborish bilan qo‘rqitgan.

Muhayyoning momataloq bo‘lgan yuzini ko‘rgan uy egasi, ayolning erini kvartiradan quvib soladi. Bundan darg‘azab bo‘lgan er xotinining oylik maoshini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ayolini taqdir hukmiga havola qilgancha Rossiyadan O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Xotin-qizlar qo‘mitasi shuni xabar qilmoqdaki, Sputnik O‘zbekiston muxbiri qo‘ng‘irog‘idan so‘ng, qo‘mita matbuot-xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev darhol Jizzax viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari bilan bog‘lanib, ularga mazkur ishni sinchiklab o‘rganish, masalani qonuniy asosda hal etish va bu haqda to‘liq ma’lumotni jamoatchilikka bildirish to‘g‘risida topshiriq bergan.

Bugungi kunda hududiy qo‘mita vakillari jizzaxlik Muhayyo ishini chuqur o‘rganib chiqishgan va Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Muxtorova imzosi bilan javob xatini yo‘llashgan.

"Jizzax viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro T.Faxriddinga nisbatan qonun doirasida tegishli choralarni ko‘rish uchun ko‘rsatma xati yuborildi. M.Muhayyoga nikohni rasman bekor qilish, farzandlarining ta’minoti uchun aliment undirish masalasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishi tushuntirildi. Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan M.Muhayyo doimiy nazoratga olindi", - deyiladi javob xatida.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bu kabi masalalarda muxbirlari bilan hamisha hamkorlikda ishlashga tayyorligini ta’kidlab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0