Iqtisod

Mirziyoyev: banklar endi "oʻz aravasini oʻzi tortishi" kerak

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev: otnыne banki doljnы sami "tyanut svoyu telegu"
Mirziyoyev: otnыne banki doljnы sami tyanut svoyu telegu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidenti banklarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularning barqarorligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

Iqtisod
Oʻzbekiston Jahon bankining Doing Business reytingida 7 pogʻona yuqoriga koʻtarildi

Prezident oxirgi yillarda davlat byudjetidan tijorat banklariga dasturlarni moliyalashtirish uchun 8,4 trillion soʻm, aylanma mablagʻlar uchun 400 million dollar, ustav kapitalini oshirish uchun 1,7 milliard dollar mablagʻ ajratilganini eslatib oʻtdi. Umuman olganda, soʻnggi ikki yil ichida banklar kapitalizatsiyasini oshirish uchun 3,3 milliard dollar davlat mablagʻlari berildi.

Mirziyoyev bu mablagʻlardan samarali foydalanilmayotgani, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda yangi ish oʻrinlari yaratishga koʻmaklashish, mijozlar va bank daromadlarini koʻpaytirish borasidagi ishlar yetarli emasligini tanqid qildi. 

"Endi banklar resurs jalb etish boʻyicha "oʻz aravasini oʻzi tortishi" kerak. Shundagina bozor sharoitiga mos, zamonaviy boshqaruv tizimiga ega moliyaviy institutga aylana oladi", – dedi davlat rahbari.

Yigʻilishda kadrlar masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Markaziy bank huzurida tashkil etilayotgan Bank xodimlarini qayta tayyorlash korporativ markazi va Toshkent moliya instituti bu borada jiddiy shugʻullanishi kerakligi aytildi.

Bank xodimlarining mijozlar bilan ishlashini ragʻbatlantirish, ular faoliyatini samaradorlikka qarab baholash indikatorlarini joriy etish boʻyicha ham koʻrsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0