Urganchda bolalarni urgan tarbiyachi ishi prokuraturaga oshirilishi mumkin

© Sputnik / Mixail Mordasov / Fotobankka oʻtishMalыshi zanimayutsya v igrovoy komnate
Malыshi zanimayutsya v igrovoy komnate - Sputnik Oʻzbekiston
MTT kuzatuv kameralaridagi mavjud videotasvirlar tegishli huquq tartibot idoralariga taqdim etiladi. Videokuzatuv kamerasi xotirasi saqlanuvchi xona muhrlangan.

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Xorazm viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi Urganchdagi bogʻchalarning birida bolalarga nisbatan kuch ishlatgan tarbiyachi voqeasiga rasmiy munosabat bildirdi.

Obed v detskom sadu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bolalar zaharlangan bogʻcha xodimlari ishdan boʻshatildi

Xabarda aytilishicha, ayni kunda holat MTV tomonidan nazoratga olingan.

MTT kuzatuv kameralaridagi mavjud videotasvirlar tegishli huquq tartibot idoralariga taqdim etiladi. Videokuzatuv kamerasi xotirasi saqlanuvchi xona muhrlangan.

Holat yuzasidan MTTda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari, MTT kuzatuv kengashi aʼzolari, viloyat prokuraturasi, kasaba uyushmasi, ichki ishlar idorasi vakillari ishtirokida umumiy yigʻilish oʻtkazilishi belgilangan. Yigʻilish videotasvirga olinishi qoʻshimcha qilingan.

"Ushbu holat boʻyicha tarbiyachiga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini soʻrab Urganch tumani prokuraturasiga murojaat qilinishini bildirib oʻtamiz. Holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda va uning borishi boʻyicha barcha tafsilotlar keng jamoatchilikka taqdim etiladi", - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala