TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi 2019-2020 yillarda Oʻzbekiston maktablarida oʻquvchilarga beriladigan taʼtillar jadvalini eʼlon qildi.
Kuzgi taʼtil 4 noyabrdan boshlanib, 10 noyabrga qadar davom etadi. Qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi va davomiyligi 14 kalendar kunini tashkil etadi.
Bahorgi taʼtillar 21 martda boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi.
Yozgi taʼtil - nazorat imtihonlari tugagach boshlanadi (imtihon topshirmaydigan sinflar uchun - oxirgi oʻquv kunidan keyin) va 1 sentyabrga qadar davom etadi.
Agar taʼtilning oxirgi kuni bayram (dam olish kuni)ga toʻgʻri kelsa, dars keyingi ish kunidan boshlanadi.
Birinchi sinf oʻquvchilari uchun fevral oyida 1 hafta davom etadigan qoʻshimcha taʼtil kunlari taqdim etiladi.