O‘zbekistonda birinchi Trade-In Center servis va savdo markazi ochildi

Obuna bo‘lish
Markazning asosiy o‘ziga xosligi – bu Trade-in tizimi bo‘yicha minilgan avtomobilni yangisiga qo‘shimcha pul to‘lash orqali almashtirish imkoniyatidir.

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Toshkentda UzAuto Motors Service & Trade-In Center yangi sevis va savdo markazi ochildi. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qildi.

Markazning asosiy o‘ziga xosligi – bu Trade-in tizimi bo‘yicha minilgan avtomobilni yangisiga qo‘shimcha pul to‘lash orqali almashtirish imkoniyatidir. Bir savdo maydonchasida bir necha dilerlar jamlangani evaziga, bu markaz xaridorlarga yurgan avtomobillarni sotish va sotib olish bo‘yicha katta tanlov imkonini beradi.

Trade-in jahon tajribasi O‘zbekistonda mamlakat prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tufayli mumkin bo‘ldi. Ushbu dastur minilgan avtomobil sohiblariga mashinalarini avtosalonda mutlaqo yangi avtoga pul qo‘shib to‘lash asosida almashtirish imkonini bersa, minilgan avtomobil olmoqchi bo‘lganlarga olayotganlari yurgan mashinaning yuridik “toza”ligi va “kasallik tarixi” haqiqiyligiga ishonch hosil qilish imkoniyatini yaratadi. Qayd etish etilishicha, minilgan avtomobillar sohiblari texnikalarini yangisiga almashtirishda topshirayotgan transport vositalarini qayta rasmiylashtirishga xarajatlardan ozod qilinadi.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Eski avtomobilni qo‘shimcha to‘lov bilan yangisiga almashtirish dasturiga o‘zgartirish kiritildi

Yangi va minilgan avtomobillar uchun mo‘ljallangan keng savdo maydonlaridan tashqari, UzAuto Motors Service & Trade-In Center servis va savdo markazida o‘zining ta’mirlash va bo‘yash angarlari ham bo‘lib, ular zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Dilerga Trade-In tizimi orqali berilgan yurilgan avtomobillar shu yerning o‘zida diagnostikadan o‘tadi va zarur bo‘lsa, ta’mirlanadi, detallari almashtiriladi va bo‘yaladi. Avtomobillarni tezkor va sifatli ta’mirlash uchun markazda eng zamonaviy jihozlar va ishlab chiqaruvchidan ehtiyot qismlarning katta ombori mavjud.

Trade-in tizimi bo‘yicha almashinuv jarayoni qanday kechadi?

Mijoz avtomobilni dilerlik markazi mutaxassislariga baholash uchun taqdim etadi. Keyin mijoz avtomobilining narxi narxni kelishish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev oddiy xalq uchun hamonbop mashinalar ishlab chiqarishni buyurdi

Avtomobil narxi kelishib olingandan keyin mijoz dilerga kerakli hujjatlar paketini taqdim etadi, so‘ngra minilgan avtomobil va yangi avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomalari tuziladi. Bunda yurilgan avtomobilning qiymati yangi avtotransport vositasi uchun to‘lovdan ayrib tashlanadi.

Mijoz tomonidan avvaldan diler Trade-in dasturi doirasida xarid qilgan minilgan avtomobilni sotib olish taomili shunday: diler xaridor bilan oddiy yozma shaklda muayan  avtomobil oldi-sotdi shartnomasini tuzadi va YHXDX organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun “Treyd-in” muhri tushirilgan hisob-ma’lumotnomani yozib beradi, shuningdek almashtirilgan detallar uchun kafolat taloni beriladi.

Trade-in dasturi bo‘yicha dilerlarga berilgan minilgan avtomobillar

Trade-in dasturi bo‘yicha dilerga berilgan yurilgan va kerakli parametrlarga mos kelgan avtomobillar “Minilgan avtomobilni sertifikatlashtirish” (MAS)ning 172 ta nuqta (parametr)i bo‘yicha to‘liq diagnostikadan o‘tadi. Aniqlangan nuqsonlar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan asl ehtiyot qismlarni qo‘llash orqali yo‘qotiladi. Nuqsonlarni ketkazishda qo‘llanilgan barcha detallar ishlab chiqaruvchi kafolatiga ega.

Yangiliklar lentasi
0