Iqtisod

Oʻzbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllaganlarga davlat yordam beradi

CC0 / pixabay.com / Orosheniye zemli
Orosheniye zemli - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan:

- suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini, shuningdek, ularni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etiladi;

Vыraщivaniye risa v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda “Aqlli suv” tizimi joriy etiladi

- byudjet mablagʻlarini oluvchilar bilan tuziladigan import shartnomalarini majburiy ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish talabi suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish doirasida tuziladigan import shartnomalariga tatbiq etilmaydi;

- hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini Davlat byudjeti hisobidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi bekor qilinadi.

Qarorga koʻra, shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan:

  • paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini Davlat byudjetidan subsidiyalar hisobiga qoplash tartibi faqat suv tejovchi texnologiyalarni joriy etgan ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etiladi;
  • qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xoʻjaligi tashkilotlarining sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan ekinlarni sugʻorishga suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash sharti bilan ruxsat etiladi.

Shu bilan birga, qarorga muvofiq, 2020-2030 yillarda suv xoʻjaligini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0