Kelgusi yil test sinovlarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin - DTM 

© Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatiV Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi
V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat Test Markazi yangi o‘quv yilida kiritiladigan o‘zgarishlar, test savolllarini taqsimlash va baholash bo‘ycha jamoatchilik fikrini o‘rganmoqda.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Ma’lumki kelgusi o‘quv yilidan boshlab test sinovlari o‘tkaziladigan fanlarni 2 guruhga bo‘lish va birinchi guruhga barcha majburiy fanlar, masalan ona tili, matematika va tarix, ikkinchi guruhga esa ixtisoslik bo‘yicha kerakli fandan savollar joylashtirish belgilangan.

Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi - prezident yangi qarori

Bu haqida prezidentning 14-mayda imzolangan “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.  

Ushbu munosabat bilan Davlat Test markazi test topshiriqlarining taqsimoti va baholash mexanizmi bo‘yicha qo‘yidagi takliflarni jamoatchilik bilan muhokama qilish maqsadida o‘zining telegram kanalida so‘rov e’lon qilgan. 

Xususan, majburiy fanlar bo‘yicha abituriyentlarga beriladigan savollar birinchi murakkablik darajasidagi savollar bo‘lib, ularga javob uchun - ona tili va tarix fanidan bir daqiqagacha, matematika fanidan – 1,5 daqiqagacha vaqt ajratilishi mo‘ljallangan. Test topshiriqlariga javob berish hamda javoblarni javoblar varaqasiga ko‘chirish bilan birga test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi taklif etilmoqda.

Ushbu masalaga qiziqqan barcha o‘z fikr-mulohazalarini va takliflarini Davlat test markazining rasmiy telegram kanali - @rasmiy dtm orqali bildirishlari mumkin, deyilgan xabarda. 

Yangiliklar lentasi
0