Xitoyga ko‘p martali ishbilarmonlik vizasi olish osonlashdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishViza v pasporte
Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XXR va O‘zbekiston orasida tadbirkorlar uchun olti oylik ishbilarmonlik vizasi berish tartibi ishga tushdi.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmonlari uchun viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish haqidagi bitim kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati. 

Shartnomaga ko‘ra, har bir tomon 5 ish kuni ichida muddati 6 oygacha bo‘lgan ko‘p martalik ishbilarmonlik vizasi berishga majburdirlar. XXR vizasini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  1. Pasport - asl nusxasi va ma’lumotlar bor sahifalari nusxasi;
  2. To‘ldirilgan viza anketasi va rasm;
  3. Xitoy tashkilotidan rasmiy taklifnoma;

Xitoy tashkilotidan rasmiy taklifnoma olishning imkoni bo‘lmaganda O‘zbekiston davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari yoki banklarining rasmiy xati, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining (SSP) kafolat xati, SSPga a’zolik to‘g‘risidagi guvohnoma, kompaniya yoki yakka tartibdagi tadbirkorning litsenziyasi va boshqa hujjatlar taqdim etiladi.

Batafsil ma’lumotlar билан www.lex.uz сайтида tanishish mumkin. Shuningdek qo‘shimcha ma’lumot va maslahat uchun XXRning Toshkentdagi elchixonasiga murojaat qilish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 27-avgust kuni  Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida ishbilarmon doiralari vakillari uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risida Bitim imzolangan edi.

Yangiliklar lentasi
0