Rossiyada barcha xorijliklar daktiloskopiyadan o‘tkaziladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilgi RF migratsiya sohasida turgan maqsad va vazifalar, amaldagi qonunchilikni buzganlik uchun mamlakatdan deportatsiya qilinganlar, RF fuqaroligiga kirishda rad javoblari xususida ayrim statistik ma’lumotlar.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Xorijliklarning hududga kirmasligini so‘rab 170 000 dan ortiq rasmiy iltimosnomalar RF xavfsizlik organlariga kelib tushgan. Ularning 50 000 tasi yuzasidan hududda vaqtincha bo‘lib turish muddatini qisqartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilingan. Bu haqda RF Ichki ishlar vaziri politsiya general-polkovnigi Aleksandr Gorovoy xabar qildi. 

Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya IIV deport qilingan migrantlar sonini ochiqladi

Avval xabar qilinganidek, 2019-yil boshidan RFda 30 mingdan ziyod xorijliklar migratsiya bo‘yicha qonunchilikni buzganligi uchun javobgarlikka tortilgan. Ularning 2 500 nafari mamlakat hududidan deportatsiya qilindi.

“RF Federal xavfsizlik xizmatidagi hamkasblarimiz bilan joriy yil birinchi yarim yilligida Rossiya fuqaroligini olish uchun taqdim etilgan arizalarning 20 dan ziyodiga rad javob berildi”, - qo‘shimcha qildi A.Gorovoy.

O‘zbekistonlik migrantlar uchun migratsiya amnistiyasi bo‘ladimi?

Rasmiy statistik ma’lumotlar e’lon qilinar ekan, davlat migratsiya siyosatini amalga oshirish sohasidagi eng muhim vazifalar ham qayd etib o‘tildi. Ularning qatorida fuqarolik instituti, istiqomat qilishi maqomi, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, “Vatandoshlarni ko‘chirishga ko‘mak” davlat dasturi kabi migratsiya jarayonlari mexanizmini tartibga solish kabilar joy olgan. Muassasalararo munosabatlar samaradorligini oshirish, xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish uchun ma’muriy jarayonlarni unifikatsiya qilish va optimallashtirishda bo‘lg‘usi o‘zgarishlar to‘g‘risida ham aytib o‘tildi.

Xususan, barcha xorijliklar uchun, RFga tashrif buyurish maqsadidan qat’iy nazar, ommaviy daktiloskopiya (qo‘l barmoq izlarini olish) tizimini joriy etish masalasi ishlab chiqilayotgani haqida xabar qilindi.

“Bu, shubhasiz, RF hududida  mavjud ma’lumotlar bazasini tasniflashga va istalmagan shaxslarning yoki boshqa davlatlar hududida jinoyat sodir etganlarning mamlakatga kirib kelishini oldini olishga ko‘maklashadi”, - deyildi bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0