Jamiyat

Oʻzbekistonda 350 dan ortiq neft va gaz quduqlari taʼmirlandi

© AP Photo / Vahid Salemi, FileNeftepererabatыvayuщeye predpriyatiye
Neftepererabatыvayuщeye predpriyatiye  - Sputnik Oʻzbekiston
“Oʻzbekneftgaz” korxonalari 350 tadan ortiq neft va gaz quduqlarida taʼmirlash ishlarini amalga oshirdi.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Joriy yil boshidan “Oʻzbekneftgaz” AJ korxonalari tomonidan 350 tadan ortiq neft va gaz quduqlarida taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Neftyanыe stanki-kachalki - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Dunyoda qancha neft qolgan va u qachon tugaydi?

Kompaniya xabarida qayd etilishicha, quduqlarni taʼmirlash ishlari murakkab jarayon boʻlib, ushbu ishlar neft va gaz qazib chiqarishni koʻpaytirish hamda qazib chiqarish surʼatini bir meʼyorda ushlab turishga yoʻnaltirilgan.

180 ta quduqda neft va gaz qazib chiqarishni koʻpaytirishga hamda qazib chiqarish surʼatini bir meʼyorda ushlab turishga yoʻnaltirilgan mukammal taʼmirlash ishlari olib borildi.

Neft va gaz xom ashyosini qazib chiqarishni koʻpaytirishni va qazib chiqarish surʼatini bir meʼyorda ushlab turishni taʼminlash maqsadida 2019 yilning oxirigacha 207 ta neft va gaz quduqlarida taʼmirlash moʻljallangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala