Habibning otasi farzand tarbiyalash sirlarini oshkor qildi - video

© Sputnik / Said SarnayevChestvovanie Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale
Chestvovanie Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiy Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘lini tarbiyalash sirlarini oshkor qildi.

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiy Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘lini tarbiyalash sirlarini oshkor qildi.

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy Instagram sahifasida shoumen Otar Kushanashviliga bergan intervyu parchasini chop etdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Abdulmanap_nurmagomedov (@abdulmanap.nurmagomedov)

“Qanday qilib aqlli va o‘qimishli bo‘lishni maxachkalalik yigit ongiga singdirish mumkin? Buning qiyin joyi yo‘q, bolalarga o‘z vaqtida e’tibor berish kerak, albatta, birinchi navbatda - o‘qish, keyin esa ikkinchi o‘rinda – sport. Tarbiya uslublarim: ishontirish, shaxsiy o‘rnak, dalda berish, talab, majburlash”, - deb yozgan Nurmagomedov otasi.

Sentabr boshida Habib Nurmagomedov amerikalik Dastin Puarye ustidan g‘alaba qozonib, yengil vaznda chempionlik belbog‘ni himoya qilgandi. Jang Abu-Dabida UFC 242 bellashuv doirasida o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0