OTMlarda kontrakt to‘lov muddati uzaytirildi

© Karshinskiy gosudarstvenniy universitetStudentom odnogo iz vuzov Karshi stal 14-letniy uzbekistanes
Studentom odnogo iz vuzov Karshi stal 14-letniy uzbekistanes - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kontrakt-to‘lov asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun eng so‘nggi to‘lov muddati uzaytirildi - davlat komissiyasi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. OTMlarda kontrakt to‘lov muddati uzaytirildi deb xabar qilmoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus komissiyasi. 

Ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2019/2020 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019-yilning 20-noyabr etib belgilandi, - deyilgan xabarda.

To‘lov muddatini uzaytirish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining joriy yil 21-oktabrdagi bayonotida qabul qilingan.

Ushbu qarorda belgilangan muddat, shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar hamda o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalarga ham taaluqlidir.

Yangiliklar lentasi
0