Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi – ro‘yxat

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatining 5 ta tumanida kuz—qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari munosabati bilan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublikada aholiga tabiiy gaz yetkazib berish jarayonini samarali ishlashini tashkil etish, kuz-qish mavsumida gaz ta’minotidagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, respublika miqyosida rejaga muvofiq gaz taqsimlash nuqtalari, quvurlari va hisoblagichlarni ta’mirlash-nazorat ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ta’mirlash-nazorat ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga ko‘ra o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, iste’molchilarga gaz yetkazish vaqtincha to‘xtatilmoqda.

Xususan, 29-oktabr kuni:

  • Toshkent, Zangiota va Qibray tumanlari hududidagi jami 46328 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha,
  • Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi jami 1100 ta aholi xonadonlarida soat 10:00 dan 17:00 ga qadar,

31 oktabr kuni

  • Piskent tumani, “Furqat” massivi hududidagi 6-ko‘p qavatli uydagi jami 16 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0