O‘zbekiston furasi Kamaz bilan yuzma-yuz to‘qnashdi

© Tatar-informDTP v Tatarstane
DTP v Tatarstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada O‘zbekistonning MAN yuk avtomobili va Kamaz orasida sodir bo‘lgan yuzma-yuz to‘qnashuvda bir kishi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Rossiyaning Tatariston o‘lkasi Bugulmin tumanida mudhish YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Tatar-inform” nashri.

28 oktabr kuni O‘zbekiston davlat raqamiga ega bo‘lgan MAN yuk avtomobili (fura) va Kamaz orasida sodir bo‘lgan yuzma-yuz to‘qnashuv oqibatida Kamaz hayovchisi halok bo‘lgan. O‘zbekistonlik haydovchi og‘ir ahvolda shifoxonaga joylashtirilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Kamaz og‘ir metall konstruksiyalarni olib ketayotgan bo‘lgan. To‘qnashuv katta tezlikda sodir bo‘lgani tufayli ikkala avtomobil ham jiddiy shikastlangan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati YTH tafsilotlarini o‘rganmoqda.

© Tatar-informDTP v Tatarstane
O‘zbekiston furasi Kamaz bilan yuzma-yuz to‘qnashdi - Sputnik O‘zbekiston
DTP v Tatarstane
Yangiliklar lentasi
0