Siyosat

Oʻzbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjonga joʻnab ketdi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaMinistr oboronы Uzbekistana otbыl v Azerbaydjan
Ministr oboronы Uzbekistana otbыl v Azerbaydjan - Sputnik Oʻzbekiston
Tashrif davomida Oʻzbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga joʻnab ketdi.

Zamestitel ministra oboronы RF Timur Ivanov vo vremya press-konferentsii, posvyaщennoy sozdaniyu jenskogo professionalnogo gandbolnogo kluba (PGK) TSSKA, v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, tashrif davomida Oʻzbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy hamkorlik rejasining loyihasi ham imzolanishi kutilmoqda.

MDHga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi 30 oktyabr kuni Boku shahrida boʻlib oʻtadi. Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, Mudofaa vazirlari kengashining bundan oldingi yigʻilishiga Oʻzbekiston mezbonlik qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala