O‘zbekistonda navbatga turishning yangi shakli joriy etilmoqda

© pixabayRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Oldindan navbatga yozilish” funksiyasi ishga tushirilishi kutilmoqda. Vaqtni tejash maqsadida, davlat xizmat markazlariga tashrif buyurishdan avval navbat uchun bron belgilash mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Davlat xizmatlari agentligi tashrif buyuruvchilarga qulay vaqtda navbatga yozilish funksiyasini joriy etmoqda, xabar qiladi Norma.uz.

Keyingi yilda hisobvaraq-fakturalar to‘liq elektron shaklda rasmiylashtiriladi

Hozirgi vaqtda mamlakat bo‘ylab tegishli uskunalar o‘rnatilgan 110 ta Davlat xizmatlari markazida navbat uchun chipta olish mumkin. Biroq joyni faqat markazga tashrif buyuriladigan kunda bronlash mumkin. Ya’ni, navbat olish uchun shaxsan kelib infokioskda raqamli chipta olish lozim bo‘ladi.

Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chiptani onlayn qaytarib olish imkoniyati paydo bo‘ldi

Joriy yil 1-noyabrdan “Oldindan navbatga yozilish” funksiyasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, uning yordamida DXMga tashrif buyurish uchun mos keladigan kun va vaqtni oldindan tanlash mumkin.

Navbatda joyni bronlash uchun www.davxizmat.uz saytiga kirib, o‘zi joylashgan joyni belgilash yetarli. Tizim avtomatik tarzda yaqin joylashgan DXMni taklif qiladi. Shundan keyin yaqin orada joylashgan markazni tanlab, zarur xizmatni belgilash lozim, so‘ngra raqamli navbat chiptasi shakllantiriladi.

Yangiliklar lentasi
0