O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari o‘zaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaGlavi oboronnix vedomstv Uzbekistana i Azerbaydjana podpisali plan vzaimnogo voyennogo sotrudnichestva
Glavi oboronnix vedomstv Uzbekistana i Azerbaydjana podpisali plan vzaimnogo voyennogo sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Ministr oboroni Uzbekistana otbil v Azerbaydjan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

“Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralari rahbarlari 2020-yilga mo‘ljallangan ikki davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar”, - deyiladi xabarda.

30 oktabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston mudofaa vaziri rahbarligidagi harbiy delegatsiya MDHga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo‘nab ketgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0