O‘zbekistonda birinchi marta Valday klubi anjumani o‘tkaziladi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishZasedanie diskussionnogo kluba "Valday" v Sochi. Den perviy.
Zasedanie diskussionnogo kluba Valday v Sochi. Den perviy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki kun davom etadigan anjuman dasturidan Rossiya - O‘zbekiston ikkiyoqlama sessiyasi, shuningdek, xorijiy eskpertlar ishtirokidagi sessiyalar ham ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Valday klubining o‘ninchi Osiyo anjumani "Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik chaqirig‘i qarshisidagi ko‘pqirrali hamkorlik" mavzusida 10-11 noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Klub bu bilan o‘z faoliyatidagi sharqona vektorni davom ettirmoqda.

Mechet v g. Shali Chechenskoy respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Islom - Rossiya tarixida chuqur ildiz otgan an’anaviy dinlardandir

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qoshidagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilayotgan anjumanda 11 ta davlat: Rossiya, O‘zbekiston, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya va Hindistondan 60dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etishadi.

Ikki kun davom etadigan anjuman dasturidan Rossiya - O‘zbekiston ikkiyoqlama sessiyasi, shuningdek, xorijiy eskpertlar ishtirokidagi sessiyalar ham ko‘zda tutilgan.

Sessiyalarda asosiy e’tibor: mintaqaning jahondagi masalalardagi roli, iqtisod orqali birgalikdagi hamkorlik, kelajakka doir yondashuvlar masalalariga qaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0