TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon hozircha turi aniqlanmagan raketani uchirdi, deb xabar qildi RIA Novosti Janubiy Koreya mudofaa vazirligi xabariga asosan.
Janubiy Koreya qurolli kuchlari jangovar shaylik holatiga keltirildi va vaziyatni kuzatib bormoqda.
Bundan avval NHK telekanali Yaponiya sohil qoʻriqlash xizmati kemalarni raketa uchirgani haqida ogohlantirdi.
"Shimoliy Koreya raketa uchirdi, u ballistik raketa boʻlishi mumkin. Raketa mamlakatimiz hududiga etib bormaydi va maxsus iqtisodiy zonasidan tashqarida tushadi deb hisoblaymiz", - deb yozgan Yaponiya mudofaa vazirligi.