Iqtisod

Prezident meva-sabzavot eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish boʻyicha topshiriq berdi

© jahonnewsMejdunrodnaya yarmarka ovoщey i fruktov v Tashkente
Mejdunrodnaya yarmarka ovoщey i fruktov v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozori 205 milliard dollarni tashkil etadi. Oʻzbekistonning bu bozordagi ulushi esa bir foizga ham yetmaydi.

TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan yigʻilishda mamlakatning meva-sabzavot eksport hajmini oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozori 205 milliard dollarni tashkil etadi. Mamlakatning bu bozordagi ulushi esa bir foizga ham yetmaydi.

“Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda ekinlarni toʻgʻri joylashtirish, “mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash yoki qayta ishlash – eksport” zanjirini yaratuvchi kooperatsiyalar tashkil etish orqali eksport hajmini bosqichma-bosqich 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 2025 yilga qadar agrologistika markazlari soni 140 taga yetkazilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0