TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Sankt-Peterburgdagi tarixiy va siyosiy hujjatlar markaziy davlat arxivida Vladimir Putin nomiga berilgan tavsifnoma koʻrsatildi, deya yozadi 78.ru.
Maʼlumotnomada yozilishicha, Rossiyaning boʻlajak prezidenti 1975 yildan buyon KGB (davlat xavfsizlik qoʻmitasi) boshqarmasi komsomol tashkilotida roʻyxatga olingan.
“Davlat xavfsizligi organlaridagi faoliyati davomida Putin V.V. oʻzini tirishqoq, intizomli, vijdonli xodim sifatida koʻrsatdi. <...> Ruhan bardoshli. Ishdagi oʻrtoqlarining obroʻ-eʼtiborini qozongan”, - deya qayd etiladi tavsifnomada.
V Peterburge raskrыli xarakteristiku KGB na Putina: https://t.co/WrloUDtZCW pic.twitter.com/dvMVnqkVuB
— 78 | NOVOSTI (@good78news) 30 oktyabrya 2019 g.
Shuningdek, hujjatda Putin dzyudo va sambo boʻyicha SSSR sport ustasi boʻlgani tilga olgan.
Vladimir Putin KGBda 1975 yil Leningrad davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagandan soʻng faoliyat yuritishni boshlagan. 1985-1990 yillarda Germaniya federativ respublikasida tashqi razvedka boʻyicha ishlagan. 1991 yilda Putin davlat xavfsizlik organidan ishdan boʻshagan.