Iqtisod

Oʻzbekiston “Yevro-4”dan past avtobuslar va yuk mashinalarni olib kirishni taqiqlaydi

© REUTERS / B. RentsendorjDlya zapravki gruzovikov toplivo podvozitsya pryamo k nim na ruchnыx telegax.
Dlya zapravki gruzovikov toplivo podvozitsya pryamo k nim na ruchnыx telegax. - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev 2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonning atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqladi.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda “Yevro-4”dan past ekologik standartlariga mos kelmaydigan “M” va “N” toifalaridagi transport vositalarini (avtobus va yuk mashinalari) olib kirish man etiladi.

Prezident farmoniga koʻra, yangi tartib 2022 yil 1 yanvardan boshlab oʻrnatiladi.

Proizvodstvo obnovlennogo Hyundai Solaris v Leningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Hyundai Namangandagi zavod qurilishini jadallashtirdi

Shu bilan birga, 2010 yildan boshlab mamlakatda “Yevro-3”dan past ekologik standartlariga mos kelmaydigan avtoulovlarni olib kirishga taqiq qoʻyilgan. Endi bu standartlarni koʻtarishga qaror qilingan.

Shavkat Mirziyoyev 2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonning atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqladi. Hujjatda BMTning 2015 yil 12 dekabrdagi iqlim boʻyicha Parij bitimi doirasida chora-tadbirlar koʻzda tutilgan.

2020 yil 1 yanvardan boshlab “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisini ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni ishga tushirish man etiladi.

Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab “Yevro-3”dan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisini, 2023 yil 1 yanvardan esa “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisini vaqtincha olib kirish va importiga taqiq joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala