TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Amerika harbiylari qurollarni yangi avlod 6,8 millimetr kalibrli oʻqlar bilan taʼminlashni rejalashtirishdi.
Bu haqda RIA Novosti Popular Mechanics portaliga asosan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, yangi oʻqlar NATOda M16 miltigʻidagi 5,56 millimetr kalibrli oʻqlarni almashtiradi.
Xitoy va Rossiyada foydalanilayotgan yangi bronjiletlarini teshib oʻtishi uchun yangi oʻqlar bilan AQSH armiyasini taʼminlash rejalashtirgan. Amerika harbiylari fikriga koʻra, 5,56 kalibrli oʻqlar bu vazifa uchun eskirib qolgan.