TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi.
Aeroportda uni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Medvedev SHHTga aʼzo davdat hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida ishtirok etish uchun keldi.
Medvedev SHHT aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining majlisida nutq soʻzlaydi, shuningdek bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi. Transport, energetika, qishloq xoʻjaligi, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik masalalariga eʼtibor beriladi.
SHHT 2001 yilda tashkil etilgan. Dastlab tashkilotga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kirgan. 2017 yilda SHHTga Hindiston va Pokiston aʼzo boʻldi. Tashkilotning kotibiyati Pekinda tashkil etilgan. Toshkentda mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilma faoliyat koʻrsatadi.