Siyosat

Mirziyoyev va Medvedev uchrashuvi: qanday masalalar muhokama qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Rossiya Federatsiyasi hukumati raisini qabul qildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasidagi oʻzaro intilish qatʼiy ekani tasdiqlandi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. 1 noyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sprava) vo vremya vstrechi v aeroportu Tashkenta v ramkax sammita glav pravitelstv gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va kooperatsion aloqalar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Neft-gaz, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar, jumladan, fan, taʼlim va turizm sohasidagi sheriklik kengaymoqda.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlarning BMT, SHHT, MDH va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni mustahkamlashga intilishi taʼkidlab oʻtildi.

Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasidagi oʻzaro intilish qatʼiy ekani tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader