TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Sukhoi Superjet-100 yoʻlovchi samolyoti ishdan chiqqan dvigatel bilan Tyumen aeroportida favqulodda qoʻndi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Tyumendan Sankt-Peterburgga uchayotgan “Yamal” aviakompaniyasiga tegishli samolyotning dvigateli ishdan chiqdi.
Samolyotda 80 nafar yoʻlovchi va 6 nafar ekipaj boʻlgan. Hech kim jarohat olmadi.
Voqea joyiga 39 nafar qutqaruvchi va 14 ta texnika olib kelindi.