Jamiyat

Samarqandda yetim bolani xoʻrlagan bezorilarga hukm oʻqildi

© ZarnewsVыnesen prigovor obidchikam malchika-sirotы
Vыnesen prigovor obidchikam malchika-sirotы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Samaqandda yetim bolani xoʻrlab, videosini ijtimoiy tarmoqlarga chiqargan bezorilar 11-12 sutkaga qamaldi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Kecha 31 oktyabr kuni Samarqand shahar maʼmuriy sudining ochiq sud majlisida bezorilik  ishi koʻrib chiqildi, Zarnews xabariga asosan.

Sud snova peresmotrel prigovor uzbekskomu Mavrodi Axmadbayu - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Ahmadboy ishi boʻyicha uchinchi sud hukmi eʼlon qilindi

Sud majlisida fuqaro H.I. ga nisabatan Maʼmuriy javobgarlik kodeksning 183, 195 va 194-moddalariga asosan (Mayda bezorilik, Ichki ishlar organlari xodimiga xizmat vazifasini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish) aybdor deb topilib, 12 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ikkinchi fuqaro I.Z.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik kodeksning yuqoridagi bandlariga asosan 11 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi Hazora mahallasida bir necha yoshlar yoshi ulardan kichikroq bolaning ustidan mazax qilib kaltaklanayotgani aks etgan video paydo boʻlgan edi. Video internetda keng tarqalib jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻlgan, fuqarolar ushbu bezorilarga nisbatan chora koʻrishni talab qilishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0