TIVda O‘zbekiston – Britaniya hamkorlik shartnomasi imzolandi

© MIDPodpisan dogovor o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Britaniyey
Podpisan dogovor o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Britaniyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan so‘ng O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish imkoni beradigan shartnoma imzolandi.

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Kecha 31-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, TIV xabariga asosan.

Shartnomani O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Buyuk Britaniyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot imzolashdi.  Bitim huquqiy asosni saqlash va tomonlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu xalqaro hujjat Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishidan so‘ng O‘zbekiston - Britaniya hamkorligining shartnomaviy munosabatlari davomiyligini ta’minlashga va barcha sohalarda har tomonlama amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga imkon yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0