Tashqi razvedka rahbari Al-Bag‘dodiyning o‘limi haqida xabari yuzasidan izoh berdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF
Prezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin Al-Bag‘dodiyning o‘limi haqida xabari yuzasidan izoh berdi.

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Rossiya Tashqi razvedka xizmati “Islom davlati”* yetakchisi Abu Bakr Al-Bag‘dodiyning o‘limini tasdiqlaydigan dalillarga ega emas. RIA Novosti xabariga asosan.

Prosmotr zapreshennix agitatsionnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
IShID o‘ziga yangi rahbar tayinladi

“100 foiz bilan ishonch bilan aytish uchun bizda genetik material yo‘q”, - dedi xizmat direktori Sergey Narishkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp 27-oktabrda Al-Bag‘dodiy yo‘q qilingani haqida aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi AQSh harbiylari maxsus amaliyoti davomida xudkush belbog‘i yordamida o‘ldirildi.

Keyinchalik Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashev Moskvada Al-Bag‘dodiyning “navbatdagi” yo‘q qilinishini to‘g‘risida ishonarli ma’lumot yo‘qligini aytgandi.  

Amaq nashri yozishicha, IShID o‘z yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini rasman tasdiqlab, yangi yetakchi nomini ma’lum qildi. Abu Ibrohim al-Hoshimi al-Qurayshi IShIDning yangi rahbari bo‘ldi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0