TOSHKENT, 1 noya - Sputnik. Oktyabr oyining oxirida Toshkent aeroportida yashirilgan portlovchi moslama haqida xabar qilgan fuqaro huquqni saqlash organlari tomonidan qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda IIBB huzuridagi Tergov departamenti.
“Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir doirasida fuqaro K.T. Patakor tuman borzorda qoʻlga olindi. Tekshirish natijasida uning yonidan telefon apparati topildi. Fuqaro aynan ushbu telefon orqali “portlovchi moslama” va “narkotiklar” haqida yolgʻon xabar tarqatgan”, - deyilgan xabarda.
Ushbu ish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277 moddasining (Bezorilik) 1 bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.