Dunyoda

AQShning davlat qarzi miqdori yangi rekord oʻrnatdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishKupyurы amerikanskix dollarov.
Kupyurы amerikanskix dollarov. - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Moliya vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakat qarzi miqdori 23 trillion dollardan oshdi va yangi rekord oʻrnatdi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. AQShning davlat qarzi 23 trillion dollardan oshib, yangi rekordni oʻrnatdi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston havo yoʻllari yaqin vaqt ichida ulkan qarz toʻlashi kerak – IFC

Donald Tramp mamlakat prezidenti lavozimiga kirishganda qarz 20 trillion dollardan kam edi. Ammo, federal byudjet taqchilligi koʻpayishi sababli qarz tez suratlarda oʻsishni boshladi.

2019 yilda defitsit trillion dollarni tashkil qildi. 2017 yilda Tramp va Kongressdagi respublikachilar bilan amalga oshirilgan soliq islohoti oʻn yil ichida byudjet kamomadini ikki trillion dollarga koʻpaytirishi kerak. Shuningdek, Mudofaa xarajatlari ham oʻsishni davom etmoqda – Pentagonning byujdeti yiliga 700 milliard dollarni tashkil etadi.

Qarzning umumiy miqdoridan 17 trillioni fuqarolar va moliya institutlari qoʻlida, qolgan 6 trillion federal hukumatning turli institutlari oʻrtasidagi kreditlarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala